San`atkorlar internetdagi sahifalarida muxlislari bilan turli kechinmalari bilan o`rtoqlashishi odat tusiga aylangan.
Xonanda Manzuraning Instagramda qoldirgan navbatdagi izhori nafaqat muxlislarni balki “O`zbeknavo” estrada birlashmasini ham hursand qilgan bo`lsa ajab emas. Bunga o`zingiz ham guvoh bo`lishingiz mumkin.
“Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Surxonda uch kun konsert berdik. Eng chekka hududlarda bo`ldik!! Yashasin O`zbeknavo!!! Odil aka biz sizni sevamiz, akajon bor buling... Ayniksa uchinchi kun biz mazza qildik. “O`zbeknavo” hamisha qalbimizda!!! Men seni sevaman “O`zbeknavo”, - deya izhor qilgan Manzura.
Suratda Manzura bilan tushgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxonning ushbu tarmoqdagi sahifasiga nazar solganimizda, u erda ham huddi shunday ko`tarinki kayfiyatni guvohi bo`ldik.
“Hamma konsert juda chiroyli, qaynoq haroratda aziz muxlislarimiz bilan birga kuylab o`tdi. Rahmat hammaga! Vatan himoyachilari kuni muborak bo`lsin. Surxon yana ko`rishguncha”, - deya izoh qoldirilgan.





