Andijondagi metan “zapravka”larda turnaqator navbatlar boshlanibdi. Bu haqda "Xolis fikr" kanali yozdi.
Gaz quyish shoxobchasi mutasaddilari bu holatni tabiiy gaz, asosan, aholiga berilib, “zapravka”larga ajratilayotgan gazga cheklov qo`yilgani bilan izohlashayotgan ekan.
Eslatib o`tamiz, Energetika vazirligi yaqinda AGTKShning ish tartibiga hech qanday o`zgartirish kiritilmagani, cheklovchi choralarni qo`llash mexanizmi qayta ko`rib chiqilayotgani haqida rasmiy bayonot bergandi.






