1

Bosh prokuratura: To`raqo`rg`on tuman bandlikka ko`maklashish markazi direktori pandemiya sharoitida jamoat tadbirlariga jalb qilingan fuqarolarga to`lanishi belgilangan ish haqlarini ham o`zlashtirdi

Jamiyat 07.11.2020, 11:49
Bosh prokuratura: To`raqo`rg`on tuman bandlikka ko`maklashish markazi direktori pandemiya sharoitida jamoat tadbirlariga jalb qilingan fuqarolarga to`lanishi belgilangan ish haqlarini ham o`zlashtirdi

To`raqo`rg`on tuman bandlikka ko`maklashish markazi direktori pandemiya sharoitida jamoat tadbirlariga jalb qilingan fuqarolarga to`lanishi belgilangan ish haqlari o`zlashtirdi

Aholi bandligini ta`minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish ijtimoiy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri  hisoblanadi.

Ana shunday sharoitda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi ayrim xodimlar bevosita zimmasidagi vazifalarni bajarishda turli suiiste`molchiliklarga qo`l urayotgani ham ko`rsatib o`tildi.

So`nggi ikki yilda vazirlik tizimidagi 57 nafar xodimlar turli korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. 

Masalan, To`raqo`rg`on tuman bandlikka ko`maklashish markazi direktori E. aholi bandligini ta`minlash uchun ajratilgan byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan.

E. 3 nafar xodimlari bilan jinoiy til biriktirib, 2019 yilgi paxta mavsumida to`raqo`rg`onlik 327 nafar ishsizlar Toshkent va Jizzax viloyatlariga terimga jalb etilganligi, ularga jamoat ishlari jamg`armasidan mukofot puli berilishi haqida soxta hujjatlarni tuzib, soxta hujjatlarni bankka taqdim qilib, mukofot puli sifatida jami 276,4 mln. so`m naqd pullarni olib, “cho`ntakka urgan”.

E. pandemiya sharoitida jamoat tadbirlariga jalb qilingan fuqarolarga ish haqlari jamoat ishlari jamg`armasidan to`lanishi belgilanganidan foydalanib, ushbu mablag`larni ham o`zlashtirish payiga tushadi.

Shu maqsaddadarhol yaqinlari nomiga 6 ta soxta firmalarni tashkil qilib, ushbu firmalarga, go`yoki, pandemiya davrida 179 nafar ishsizlar jamoat ishlariga yuborilganligi haqida soxta hujjatlarni tuzib, 325,5 mln. so`m mablag`ni talon-toroj   qilgan.

E. jinoiy yo`l bilan topilgan mablag`lar hisobiga 2 ta Lasetti va 
2 ta Damas avtomashinasini sotib olib, legallashtirgan.Hozirda E. va uning jinoiy sheriklari qamoqqa olingan, tergov o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1