1

Koronavirusga chalinganda iste`mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma`lum qilindi

Jamiyat 07.11.2020, 14:44
Koronavirusga chalinganda iste`mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma`lum qilindi

Rossiyalik terapevt shifokor Filipp Kuzmenkoga tayanib Sog`lom hayot kanali ta`kidlashicha, organizmda suv-tuz balansini me`yorida ushlash lozim. Ko`proq suv ichish, sho`r taomlar, misol uchun, tuzlangan bodring, tuzlangan baliq iste`molidan qochish lozim. Spirtli ichimliklar iste`mol qilmaslik shart, chunki ular organizmning suvsizlanishiga olib keladi.

Shifokorning ta`kidlashicha, sho`r taom qonni quyultiradi, bu esa koronavirusga chalinganda zararli hisoblanadi. “Tuz to`qimadagi suvni tortib oladi, tomirlarda esa qonning quyuqlashishi yuz beradi. Bu esa koronavirusga chalinganlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi”, deb ta`kidlab o`tgan mutaxassis.

Avvalroq ham shifokorlar koronavirusga chalinganlikda spirtli ichimliklar xavfli bo`lishidan ogohlantirishgan. Koronavirusda spirtli ichimliklar qonning quyuqlashishiga olib keladi, vaholanki koronavirus infeksiyasining asoratlaridan biri tromboemboliya, ya`ni hayotiy muhim qon tomirlarining tromb bilan berkilib qolishi hisoblanadi. Shu sababli alkogol bemorning holatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.  

Bundan tashqari, alkogol koronavirusni davolashda belgilanadigan dorilar bilan nomutanosib hisoblanadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1