AsosiyJamiyat

Buxoro tumani hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Buxoro tumani hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari etib Umidjon Barnoev tayinlandi. Bu haqda «Tez News»ga xabar berdi.

Ma`lumot o`rnida, Umidjon Barnoev 1970 yilda tug`ilgan. 1996 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini muhandis-mexanik, huquqshunos mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

Umidjon Barnoev ish faoliyati davomida 1998 yilda Buxoro viloyat Adliya boshqarmasida sud ijrochisi, ariza va shikoyatlar bo`yicha katta maslahatchisi, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bo`limi bosh maslahatchisi, Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash departamenti Toshkent shaxar hududiy bo`limi katta mutaxassisi, ikkinchi darajali yuristi, Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi, «O`zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi, «Safari Vogue» mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi innovasion turizm klasteri direktor o`rinbosari bo`lib ishlagan.

Shuningdek, u tayinlovga qadar «Safari Vogue» mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi innovasion turizm klasteri bosh direktori vazifasida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar