AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda soxta ma`lumotnoma bilan kredit olgan fuqaroning siri fosh bo`ldi

'Qashqadaryoda soxta ma`lumotnoma bilan kredit olgan fuqaroning siri fosh bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryoda ayol soxta ma`lumotnoma tayyorlab, kredit olgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Postda.

Qayd etilishicha, Qarshi tumanida yashovchi uy bekasi S.A. kredit olish maqsadida “Asia Alliance bank”ning shahar filialiga murojaat qiladi. Bank ma`muriyati tomonidan unga 10 million so`mgacha mikroqarz ajratilishi mumkinligi ma`lum qilinadi.

Ammo S.A.ning biror-bir joyda ishlamasligi pand beradi. Negaki, bankdan kredit olish uchun bir yillik ish haqi zarur.

S.A. to`plagan hujjatlariga tumandagi 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabidan 1 yillik ish haqi hamda shu maktabda ishlashini bildiradigan rasmiy ma`lumotnomani qing`ir yo`llar bilan qo`lga kiritib, bankka taqdim etadi.

Natijada bank bilan uning o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 10 million so`m olishga erishadi.
Qing`ir ishning qiyig`i qirq yildan keyin ham chiqadi, deganlaridek, S.A. nomiga Qarshi tumanidagi 6-sonli maktabdan berilgan ma`lumotnomalar soxtalashtirilgani tekshiruv davomida oydinlashdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar