Favqulodda vaziyatlar vazirligi ertaga dovon oshib harakatlanishni rejalashtirgan haydovchilarni ogohlantirmoqda. Vazirlik telegram kanalida bu haqda e`lon berildi.
Unda aytilishicha ertaga, 9 noyabr kuni ''Qamchiq'' dovonida havo o`zgarishi mumkin. Ma`lumotlarga ko`ra, yomg`ir yog`ishi, tushdan keyin esa tuman tushishi kutilmoqda. Dovonni kesib o`tmoqchi bo`lgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.






