1

O`zbekistonda "Oltin davr" xalqaro musiqa yarmarkasi o`tkaziladi

Jamiyat 09.11.2020, 12:59
O`zbekistonda "Oltin davr" xalqaro musiqa yarmarkasi o`tkaziladi

“Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.  

 Qarorga muvofiq, 2021 yildan respublikada tashkil etiladigan xalqaro musiqa anjumanlari va festivallari doirasida “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasi o`tkaziladi.

Qaror bilan “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Madaniyat vazirligi yarmarka tashkilotchisi hisoblanadi.

 Yarmarka doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

● yarmarkaning tantanali ochilish marosimi;

● xorijdan taklif etilgan prodyuserlar, promouterlar, san`atkorlar, mutaxassislarning taqdimotlari, davra suhbatlari va mahorat darslari;

● musiqa san`ati savdo yarmarkasi;

● san`atkorlarning konsert dasturlari;

● yarmarkaning tantanali yopilish marosimi.

 Yarmarka xalqaro yarmarkalar va muzokaralar tajribalari asosida ishbilarmonlarning o`zaro kelishuvi (V2V), ishbilarmon va iste`molchi (V2S) hamda boshqa muloqot formatlarida tashkil etiladi.  

 Ishtirokchilarga tashkilotchi tomonidan yarmarka hududidan 3,5x4 metr o`lchamdagi maydon ajratiladi.

Mahalliy ishtirokchilarning ichki transport, ovqatlanish, mehmonxona xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1