AsosiyJamiyat

Ayrim poraxo`r hokim o`rinbosarlari qonun oldida javob berdi – Bosh prokuror

'Ayrim poraxo`r hokim o`rinbosarlari qonun oldida javob berdi – Bosh prokuror'ning rasmi

Avvalroq Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo`ldoshev raisligida idoralararo  yig`ilish bo`lib o`tgani haqida xabar qilgandik... 

Yig`ilishda Qishloq xo`jaligi sohasidagi vazirlik va idoralarda hanuzgacha turli qonun buzilishlar, suiiste`molchiliklarga barham berilmayotgani Bosh prokuror tomonidan tanqid ostiga olindi.

— O`tgan 2 yilda qishloq xo`jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari turli ko`rinishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Misol uchun, Yangiyo`l tumani qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Yu. “Valiev Invest baraka” fermer xo`jaligi rahbari V. bilan til biriktirib, fermer xo`jaligining 30 sotix er maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali 38.400 dollarga sotib yuborgan.

Qishloq xo`jaligi sohasining rivoji, avvalo, er maydonlaridan oqilona va samarali foydalanish bilan chambarchas bog`liq.

Ayrim rahbarlar tomonidan erlardan xo`jasizlarcha va noqonuniy foydalanish holatlariga yo`l qo`yilayotganligi ta`kidlandi.

Xususan, er maydonlarini xatlovdan o`tkazish jarayonida respublika bo`yicha 967 ta holatda 34.822 gektar er maydoni qonunga zid ajratib berilgan.

Er ajratish va undan foydalanishda korrupsiya, tanish-bilishchilik, oshna-og`aynigarchilik holatlari mavjudligi qayd etildi.

Buxoro viloyatida qisqa muddatda o`tkazilgan o`rganishlarda 21.493 gektar erni noqonuniy muomalaga qaratish bilan bog`liq qonunga zid qarorlar qabul qilingan.

Misol uchun, Jondor tuman hokimi 2020 yil 16 maydagi qarori bilan o`rinbosarining yaqin qarindoshiga 100 gektar er maydonini chorvachilik yo`nalishida, garchi etarli chorvasi bo`lmasada, noqonuniy ajratib bergan.

Er ajratish jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uchun so`nggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas`ul xodimlari javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Arnasoy tuman hokimining o`rinbosari S. “Oqqush halol parranda” jamiyati rahbari J.ga 10 gektar er ajratib berish evaziga 13 ming dollar talab qilib, 2 ming dollar olganida qo`lga tushgan.

Shu kabi, er ajratib berish evaziga Yunusobod tuman hokimi o`rinbosari Z. 5 ming, Buvayda tuman hokimi o`rinbosari D. 20 ming, Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi uy-joy shirkatlari uyushmasi raisi A. 35 ming dollar olganligi uchun qonun oldida javob berdi.

Ayrim xodimlar tadbirkorlarga yordam berish o`rniga, ulardan tamagirlik qilib, pul undirayotganligi tashvish bilan ta`kidlandi.

Masalan, Surxondaryo viloyat hokimligi bo`limi boshlig`i I. Sho`rchi tuman hokimligi bosh mutaxassisi T. orqali tadbirkor B.dan 1 mlrd. so`m imtiyozli kredit olishida yordam berganligi uchun 2 ming dollarni talab qilib olgan. 

Bo`sh binolarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida ham turli qonun buzilishlarga yo`l qo`yilmoqda.

Misol uchun, Andijon viloyat hokimligi mutaxassisi Q. muqaddam sudlangan A. va M. bilan til biriktirib, soxta hujjatlar bilan  Shahrixon tuman Silga qarshi kurashish dispanseri binosini “nol” xarid qiymatida qo`lga kiritgan. 

Keyinchalik binoda hech qanday tadbirkorlikni yo`lga qo`ymasdan, binoni buzib, qurilish materiallarini 760 mln. so`mga sotib yuborgan.

    Boshqa yangiliklar