AsosiyJamiyat

OTMga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi

'OTMga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi'ning rasmi

 Prezident qaroriga (PQ–4884-son, 06.11.2020 y.)  ko`ra, 2021 yil 1 avgustga qadar bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash choralari ko`riladi.  

Tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlarida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo`llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

 2021/2022 o`quv yilida psixologiya sohasidagi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.  

 2021 yil 1 yanvardan:

▪️davlat oliy ta`lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlari davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturlari asosida tuzilib, test sinovi materiallarining ma`no-mazmuni umumiy o`rta ta`lim tizimidagi fanlarning o`quv dasturlariga moslashtiriladi;

▪️ tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Xalq ta`limi xodimlarini rag`batlantirish jamg`armalari tashkil etiladi.

 Qaror bilan Xalq ta`limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi muammolarini o`rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etildi.  

Qarorga ko`ra shuningdek, “Pedagog xodimlarning maqomi to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar