Prezident qaroriga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o`tkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:
test sinovi topshiriqlari davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturlari asosida tuziladi;
test sinovi materiallarining ma`no-mazmuni umumiy o`rta ta`lim tizimidagi fanlarning o`quv dasturlariga moslashtiriladi;
abiturientlarning nazariy bilimlarni o`zlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va ta`limning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 o`quv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida o`tkaziladi.






