Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra yurtimizda koronavirusdan sog`ayganlar 66 mingdan oshdi.
Shu yilning 9 noyabr kuni mamlakatimizda 215 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, bugun 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 586 nafarga etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida 223 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 68 945 nafar bemordan 66 194 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2165 nafar bemordan 247 nafari og`ir, 65 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






