AsosiyJamiyat

Narpay tumanida gaz plitasi ichida “opiy” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi(video)

'Narpay tumanida gaz plitasi ichida “opiy” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi(video)'ning rasmi

Olingan tezkor ma`lumotga asosan Narpay tuman IIB va DXX tuman bo`limi xodimlari hamkorligida Narpay tuman Oqtosh shahri O.Abdirahimov MFYda yashovchi, T. ning yashash uyida tintuv tergov harakati o`tkazildi.Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida ushbu shaxs yashash xonadonining mehmonxonasidagi shkaf tortmasida quruq holdagi ko`knori giyohvandlik vositasi hamda oshxonasining gaz pechi ichidan sellofan paketga solib qadoqlangan opiy giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar