AsosiyJamiyat

Tuz, shakar va yog` miqdori yuqori bo`lgan mahsulotlarga tovar belgilari qo`yiladi

'Tuz, shakar va yog` miqdori yuqori bo`lgan mahsulotlarga tovar belgilari qo`yiladi'ning rasmi

Prezident tuz, shakar va yog` miqdori yuqori bo`lgan mahsulotlarni belgilash taklifini ma`qulladi. Belgilash ikki bosqichda amalga oshiriladi — birinchisida ixtiyoriy, ikkinchisida majburiy bo`ladi.

2021 yil 1 iyuldan tarkibida tuz, shakar va yog` miqdori yuqori bo`lgan mahsulotlar, shuningdek sog`liq uchun zararli boshqa qo`shimchalar mavjud mahsulotlarga belgilar qo`yish boshlanadi. Bu prezidentning «Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi farmoni bilan tasdiqlandi, deya xabar berdi Spot.uz.

Belgilash ikki bosqichda amalga oshiriladi — birinchi navbatda, 2021 yil iyuldan boshlab, u ixtiyoriy bo`ladi. Ikkinchi bosqichda, 2025 yil 1 yanvardan boshlab, majburiy qilib qo`yiladi. Bu o`zgarish mamlakatga olib kirilgan mahsulotlarga ham, respublika ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham birdek tegishli qilib qo`yiladi.

Tovarlarga ushbu rangli belgilarni qo`yishdan maqsad u iste`molchilarga ishonchli ma`lumotlarni etkazish va foydali mahsulotlarni tanlashiga yordam berishdan iborat. Masalan, shakar, to`yingan yog` kislotalari va tuzni haddan ortiq iste`mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, qandli diabet kasalliklarining paydo bo`lishiga va rivojlanishiga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar