AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyaning Collins lug`ati tomonidan yil so`zi e`lon qilindi

'Buyuk Britaniyaning Collins lug`ati tomonidan yil so`zi e`lon qilindi'ning rasmi

Britaniyaning Collins lug`ati tomonidan «Lockdown» so`zi 2020 yilda yil so`zi deb topildi. Bu haqda «Guardian» xabar berdi.

Xabarga ko`ra, «lokdaun» so`zi lug`atda «sayohat, ijtimoiy aloqalar va jamoat joylariga kirishga qattiq cheklovlar qo`yish» deb izohlanadi. Bu so`zdan foydalanish 2020 yilda 6 000 foizga oshgani qayd etilgan. 2019 yilda lokdaun 4000 marta ishlatilgan bo`lsa, 2020 yilda chorak milliondan oshdi.

«Biz bu so`zni yil so`z deb tanladik, chunki lokdaun bizning ishlashimiz, o`qishimiz, xarid qilishimiz va ijtimoiylashuvimizga ta`sir ko`rsatdi. Ko`pgina mamlakatlar ikkinchi cheklovga kirayotgani sababli bu so`z nishonlanishi kerak bo`lgan yil so`zi emas, balki bu dunyoning aksariyat qismi uchun yilni sarhisob qiladi», — deydi tillar bo`yicha maslahatchisi Xelen Nyusted.

Collins Dictionary’dagi 2020 yilning eng ko`p foydalanilgan 10 ta so`zi koronavirus: nafas olish yo`llarining yuqumli kasalliklari, shu jumladan, COVID-19’ni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan viruslar guruhining har qanday turi.

furlough: xodimlarni vaqtincha ishdan bo`shatish, odatda, ularni band qilish uchun etarli ish yo`qligi, vaqtincha ishdan bo`shatish.

asosiy ishchi: jamiyat faoliyati uchun muhim deb hisoblangan bir qator kasblarning xodimi, masalan o`qituvchilar, polisiya xodimlari, sog`liqni saqlash xodimlari, do`kon ishchilari va boshqalar.

lokdaun: sayohat, ijtimoiy aloqalar va jamoat joylariga kirishga qat`iy cheklovlar qo`yish.

megxit: gersog va gersoginya Sasseksning 2020 yil yanvar oyida e`lon qilingan qirollik vazifalaridan voz kechishi.

mukbang (koreyscha): tomoshabinlarning ko`ngil ochishi uchun juda ko`p miqdordagi ovqatni iste`mol qilgan uy egasinining videosi.

o`zini o`zi izolasiyalash: yuqumli kasallikka chalingan yoki undan shubhalansa o`zini karantinga olish.

ijtimoiy masofa: kasallik yuqtirishni oldini olishda o`zi va boshqa odamlar o`rtasida ma`lum masofa saqlash.

TikToker: TikTok’da doimiy ravishda video bilan bo`lishadigan kishi.

 

Boshqa yangiliklar