Biroz oldin “O`zbekkino”ga yangi rahbar tayinlangani biroq bu haqda agentlik matbuot xizmati saytda hech qanday rasmiy ma`lumot bermagani haqida xabar bergandik.
Oradan bir necha daqiqa o`tgach mazkur xato to`g`rilandi.
Agentlik saytida quyidagi xabar o`z aksini topdi.
“O`zbekkino” Milliy agentligiga yangi rahbar tayinlandi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2016 yil 13 yanvardagi Qaroriga asosan Musaev Atabek Elbekovich “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori etib tayinlandi. A.Musaev shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas`ul xodimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o`tamiz, 2014 yil 26 dekabrdan buyon “Respublika kinofondi” direktori A.Umarov “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi”, deyiladi xabarda.
Biroq saytning "Rahbariyat" bo`limida hali hamon eski rahbar ko`rsatilgan.





