AsosiyDunyo

Iroqda IDning yana bir rahbari yo`q qilindi

Iroq mudofaa vaziri “Islom davlati” terrorchilik guruhining rahbarlaridan biri yo`q qilinganligi haqida ma`lum qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, yo`q qilingan rahbar Bog`dod va Ramadi shaharlaridagi hujumlarga rahbarlik qilgan.

“Iroq ichki ishlar vazirligi o`tkazilgan harbiy harakatlar jarayonida yaralangan terrorchi Muxammad  Abd Manafa ar-Rauining Abu-Kamal shahridagi shifoxonada vafot etganini ma`lum qildi. Halok bo`lgan terrorchilar rahbari Bohdod shahrida xudkush terrorchilar tayyorlash uchun mas`ul bo`lgan”, — deyiladi xabarda.

Yo`q qilingan jangari xalqaro qidiruvda bo`lganligi ta`kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar