Ozarbayjon rahbari Ilhom Alievning Tog`li Qorabog`da tinchlik o`rnatilishi haqidagi bayonotidan so`ng, Ozarbayjon aholisi ushbu yangilikni bayram sifatida shahar ko`chalarida nishonlashmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, minglab odamlar koronavirus tufayli joriy etilgan komendantlik soatlariga qaramay, ko`chalarda to`planishgan. Polisiya ham fuqarolarga to`sqinlik qilmayapti. 10 noyabrga o`tar kechasi Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya rahbarlari Tog`li Qorabog`da urush tugaganligini elon qilishdi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida tomonlar imzolagan bitimning 9 bandining matni paydo bo`ldi. Kelishuvning birinchi bandiga ko`ra, 10 noyabr kuni yarim tundan boshlab tog`li Qorabog` mojarosi zonasida to`liq sulh asosida barcha jangovar harakatlar to`xtatildi. Ozarbayjon va Armaniston o`z pozisiyalarida to`xtashdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Tog`li Qorabog`dagi mojaroning harbiy bosqichi tugaganligini bildirdi. |
11.11.2020 08:25
Tog`li Qorabog` uchun janglar tugadi, Armaniston va Ozarbayjon o`zaro kelishib oldilar






