AsosiyJamiyat

Prezident 11 noyabrni «Kasaba uyushmalari kuni» deb belgilashni taklif qildi

'Prezident 11 noyabrni «Kasaba uyushmalari kuni» deb belgilashni taklif qildi'ning rasmi

Toshkent shahrida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasining Vlll qurultoyi bo`lib o`tmoqda.

Kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari bo`lgan ko`plab vazirlik va idoralarning mutasaddilari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tadbirda delegat sifatida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz madhiyasi yangraydi. Qurultoyda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Vlll qurultoyi ishtirokchilariga bayram tabrigini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o`qib eshittirdi.

Yurtimiz tarixida ilk bor davlatimiz rahbari Kasaba uyushmalari federasiyasi qurultoyi ishtirokchilariga tabrik yo`llagani, unda 11 noyabrni "Kasaba uyushmalari kuni" deb belgilash taklifi bildirilgani sohaga bo`lgan yuksak e`tibordan darakdir.

    Boshqa yangiliklar