AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qor yog`ib, harorat -11° gacha tushishi kutilmoqda

'O`zbekistonda qor yog`ib, harorat -11° gacha tushishi kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 13-16 noyabr kunlari O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Bundan tashqari Favqulodda vaziyatlar vazirgining ma`lum qilishicha, 12-13 noyabr kunlari "Qamchiq" dovonida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda.  Tuman tushib, ko`rish imkoniyati 50-100 metrgacha kamayishi mumkin. Shu munosabat bilan, haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlari iltimos qilinmoqda. 

Quyida mamlakatimizda 12-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo bilan tanishishingiz mumkin:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi va kunduzi 8-10° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), tog` oldi va tog` hududlarning ba`zi joylarida kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar