1

11 noyabr kuni ilk bor “Ipak yo`lida turizm 2020” XXVI Toshkent xalqaro turistik yarmarkasiga start berildi

Jamiyat 12.11.2020, 09:16
Teglar: “Ipak yo`lida turizm 2020”
11 noyabr kuni ilk bor “Ipak yo`lida turizm 2020” XXVI Toshkent xalqaro turistik yarmarkasiga start berildi

11 noyabr kuni ilk bor onlayn formatdagi “Ipak yo`lida turizm 2020” XXVI Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi (TXTYa)ga start berildi. Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili ham nutq so`zladi. Forumning ilk kunida, online konferensiya tarzida quyidagi mavzular bo`yicha seminarlar o`tkazildi

1-sessiya – “ COVID-19 dan keyin turizm sohasini amalda qanday takomillashtirish mumkin”, va “ Uzbekistan. Safe travel guaranteed. O`zbekistonda xavfsiz turizm!” tizimi. Spikerlar: Dosent, Samarqand shahridagi “Ipak yo`li” Xalqaro Universitetining “Turizm biznesini boshqarish” fakulteti dekani – Slavomir Y. Vroblevskiy, M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti lektori – Gulsum Tillyabaeva va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti mutaxassislari – Sufyan Asgxar Maxmud, Alieva Deniza, Faxriddinova Shaxnozaxon, Usmonova Gulnoza, To`laganova Aziza. 

2-sessiya – Turizm sohasini shakllantirishda yoshlarning/tourist-millenniallarning roli Spikerlar: turizm sohasidagi etakchi mutaxassislar – Sofi Ibbotson – “O`zbekiston” turistik brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi, Sumaya Xamdi – www.halaltravelguide.net veb-sayti asoschisi, halol turizm bo`yicha mutaxassis va Umarova Aziza – “ SmartGov Consulting” rahbari.

 3 sessiya – Raqamli turizm tendensiyalari Spikerlar: S.E.A Business Centre Pte. Ltd kompaniyaning asoschisi – Rudi Fang, Olim Xasanov AAT GROUP asoschilaridan biri, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti mutaxassislari Shaxnozaxon Faxriddinova va Gulnoza Usmonova. Joriy yilda onlayn forumni o`tkazish uchun maxsus TXTYa 2020 rasmiy sayti ishlab chiqilib, unda “Zoom” platformasida o`tkazilgan barcha konferensiyalar onlayn translyasiya qilinadi. 

TXTYa 2020 doirasidagi tadbirlarda Singapur, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Qozog`iston va O`zbekistonning turizm sohasidagi etakchi mutaxassislari ishtirok etishadi. Ushbu xalqaro yarmarka 1995 yildan beri BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) qo`llab-quvvatlashi ostida o`tkazib kelinmoqda. Forum doirasida quyidagi mavzular bo`yicha olti sessiya tashkil etiladi: “COVID-19’dan keyin turizm sohasini qanday yaxshilash mumkin”; “Sarmoyalar pandemiyadan keyin turizmni tiklashning asosi sifatida”, “G`arbiy Evropa mamlakatlari bozoriga kirish imkoniyatlarini yaxshilash”, “Uzbekistan.Safe travel guaranteed tizimi. O`zbekistonda xavfsiz turizm! 

TXTYa-2020 doirasidagi tadbirlar: O`zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o`rtasida birinchi sayyohlik forumi; Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi tomonidan poytaxtdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida tashkil etilgan qator o`quv seminarlari; Fransiya mutaxassislari tomonidan Turizm qo`mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti uchun tayyorlangan “OUTDOOR: Tajriba. Usullar. Trendlar"deb nomlangan vebinari. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1