Rossiyaning Primore o`lkasi Kavalerov tumani Rudniy qishlog`ida haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargan haydovchi to`rt nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
YTH oqibatida piyodalardan biri voqea joyida vafot etgan, qolgan turli darajadagi tan jarohatlari olgan piyodalar esa yaqin oradagi shifoxonalarga olib ketilgan. Haydovchi urib yuborgan piyodalar orasida uch yoshli bola ham bor.
Toyota Crown avtomashinasini boshqargan 24 yoshli haydovchi avtomobil boshqaruvini yo`qotganidan so`ng qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va yo`l chetida harakatlanayotgan piyodalarni urib yuborgan.
“Og`ir tan jarohati olgan 34 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan. Turli xil jarohatlar bilan 33 yoshli erkak kishi, uning ayoli va uch yoshli farzandi shifoxonaga yotqizilgan”, — deyiladi xabarda.
Haydovchi mast holda bo`lmaganligi ma`lum qilindi. Polisiya YTH yuzasidan tergov-surishtiruv ishglarini olib bormoqda.