AsosiyJamiyat

Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi

'Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi'ning rasmi

2020 yil 22 noyabrda Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi.

Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga havo qatnoviga O`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston va Qirg`iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.  

PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar parvozga qo`yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, «Uzbekistan airways» AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yo`lovchilaring o`zlarining mintaqasidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin, deb  xabar beradi «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi matbuot xizmati. 

 

 

Boshqa yangiliklar