Farhod va Shirin dueti hozirda mumtoz ashulalarni ijro qilishni oldiga maqsad qilib qo`ydi. Hozirda ular bu borada mahorat oshirmoqda.
Bundan tashqari ular har kuni sport zalda birga shug`ullanadi. Bu haqda “Bekajon” gazetasining navbatdagi sonida duet bilan bo`lgan suhbatda ma`lumot berilgan.
Shuningdek, Farhod intervyuda bir paytlar tashkil qilgan modalar atelesini opasiga sovg`a qilganligini aytib o`tgan. Shirin esa ayni damda stilistlik mahoratini oshirish bilan band.





