MIBning Xiva tumani bo`limi ish yurituvida Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “RAVNAQ YOL TAMIR QURILISH” MChJdan undiruvchi “SHARQ-GO`ZALI” MChJ foydasiga 176 629 997 so`m qarzdorlik undirish to`g`risidagi ijro mavjud bo`lgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo`lim ish yurituviga kelib tushgandan so`ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta`minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo`yildi hamda qarzdorga tegishli bo`lgan mol-mulklar xatlandi.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko`rsatilgan 176 629 997 so`m qarz summasi to`liq undirilib, tadbirkorlik sub`ektlari foydasiga yo`naltirilishi ta`minlandi.






