AsosiyJamiyat

Ayni soatgacha O`zbekistonda qancha holatda koronavirus qayd etilgani ma`lum qilindi

'Ayni soatgacha O`zbekistonda qancha holatda koronavirus qayd etilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

020 yil 12 noyabr soat 19:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 560 (+85) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 83 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar: Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar,  Andijon viloyatida 9 nafar,

Jizzax viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar,  

Surxondaryo viloyatida 7 nafar, Farg`ona viloyatida 2 nafar, Xorazm viloyatida 10 nafar,

Toshkent viloyatida 29 nafar, Toshkent shahrida 62 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 66 814 (+142) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 153 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar