AsosiyJamiyat

Prezident farmoni: Birlamchi tibbiy-sanitariya va sog`liqni saqlashning yangi modeli joriy etiladi

'Prezident farmoni: Birlamchi tibbiy-sanitariya va sog`liqni saqlashning yangi modeli joriy etiladi'ning rasmi

Prezident farmoniga ko`ra, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko`rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o`rni va maqomini kuchaytirish maqsadida:  

“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi  Prezident farmoni;  

“Sog`liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori;

“Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 10 noyabr kuni “Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori imzolangan edi.

Rasmiy hujjatlar mazmuni bilan keyingi xabarlarimizda batafsil ma`lumot berib boramiz.

    Boshqa yangiliklar