AsosiyJamiyat

“Chirchiq-Arancha” temir yo`l bekatlari oralig`ida ketayotgan poezd mast erkakni urib ketdi

'“Chirchiq-Arancha” temir yo`l bekatlari oralig`ida ketayotgan poezd mast erkakni urib ketdi'ning rasmi

11 noyabr kuni soat 20:50 da Toshkent mintaqasi temir yo`l TXTBga kelib tushgan xabarga ko`ra, “Toshkent-Xojikent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan shaharlararo elektropoezd “Chirchiq-Arancha” temir yo`l bekatlari oralig`i 37-km.,da harakatlanib ketayotgan vaqtida noma`lum erkak kishini turtib yuborgan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Voqea joyiga chiqilganda, ushbu noma`lum shaxs Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanida yashovchi, 1976 y.t. U.T. ekanligi va temir yo`l izlari orasida mast holatda uxlab yotganligi sababli elektropoezd to`xtashga majbur bo`lganligi aniqlangan.

Ushbu fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, Chirchiq shahar Shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga yuborilgan. Poezd soat 20:35da to`xtab, soat 20:57da yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar