Mazkur savolga bugun AOKA press-xolida bo`lib o`tgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari boshqarma boshlig`i o`rinbosari Abdulhamid Abdurahmonov ishtirokida o`tkazilgan brifingda javob qaytarildi.
— Hammaga ma`lum, juda ko`p yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarga daromad topish maqsadida chiqib ketishgan. Lekin pandemiya davrida ba`zi korxona va ish beruvchilar o`z faoliyatini to`xtatganligi sababli ushbu fuqarolar xorijiy davlatlar hududida og`ir sharoitda qolib ketdi va yurtimizga o`z vaqtida qayta olmadi. Shu sababli ularni avtomobil o`tkazish punktlari orqali hamda temir yo`l va havo kemalarida tashkil etilgan charter reyslari yordamida olib kelindi.
Shuningdek, O`zbekiston iqtisodiyotiga pandemiyaning ta`sirini kamaytirish maqsadida tashqi savdo yuklarini tashishga jalb etilgan hamda xorijiy davlatlar hududidagi xo`jalik ob`ektlarimizga xizmat ko`rsatuvchi fuqarolarning Davlat chegarasi orqali harakatlanishi to`xtatilmadi, izohladi mas`ul.






