Amerikalik milliarder Donald Tramp AQSh hududiga barcha musulmonlar kirishini taqiqlash haqidagi fikr tarafdori ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bizda radikal islom bilan bog`liq muammolar bor. Aksariyat musulmon do`stlarim ham bu taklifni o`rtaga tashlaganim uchun menga minnatdorchilik bildirdi”, — dedi u.
Respublikachilar partiyasidan AQSh Prezidentligiga nomzod Donald Tramp bundan bir necha oy oldin saylovda g`alaba qozongan taqdirda barcha musulmonlarga AQSh hududiga kirishni taqiqlashini aytgan edi.





