AsosiyJamiyat

1 oktyabrdan boshlab chegaradan o`tishga ruxsat berilgan bo`lsada, nega chegaradan o`tib bo`lmayotganligiga izoh berildi

'1 oktyabrdan boshlab chegaradan o`tishga ruxsat berilgan bo`lsada, nega chegaradan o`tib bo`lmayotganligiga izoh berildi'ning rasmi

"Maxsus komissiya bayoniga asosan 1 oktyabr kunidan boshlab chegaradan o`tishga ruxsat berilgan. Lekin hozirgacha chegaradan o`ta olmayapmiz. Sababini tushuntirib bersangiz."

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari tomonidan ushbu savolga quyidagicha javob berildi:

" ➖ Davlat chegarasi orqali o`tkazish bir davlatning emas, balki ikki tomonning ruxsati bilan amalga oshirilishini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligi qo`shni davlatlar bilan bu borada bir qator tadbirlar o`tkazdi.

 Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida, shuningdek, qo`shni davlatlar chegara qo`shinlari bilan kelishgan holda Davlat chegarasidan fuqarolarni o`tkazish masalasida ba`zi natijalarga erishildi.

Jumladan, joriy yilning 1 sentyabridan Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradagi o`tkazish punktlari faoliyati tiklandi, 16 oktyabr kunidan — Afg`oniston Islom Respublikasi, 23 oktyabr kunidan — Qozog`iston Respublikasi bilan chegarada ma`lum bir toifadagi fuqarolarning harakatlanishiga ruxsat berildi.

Turkmaniston tomoni epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, kiritilgan cheklovlarni o`zgarishsiz qoldirish fikrini bildirdi. Tojikiston tomoni hozirda ushbu masalani ko`rib chiqmoqda.

️ Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining tegishli qaroriga asosan, temir yo`l va havo transportida muntazam reyslar xorijiy davlatlar bilan kelishgan holda yo`lga qo`yilishiga ruxsat berilgan." 

 

    Boshqa yangiliklar