Sinoptiklarni ma`lum qilishicha, kecha yurtimiz hududiga Volgabo`yi hududlaridan sovuq va nam antisiklon kirib kelishi natijasida hududlarning katta qismida yomg`ir, tog`li hududlarda esa yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) ga sabab bo`ldi. Respublika bo`ylab joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`ldi. Faqat O`zbekistonning shimoli — g`arbiy tumanlarida ob-havo yog`ingarchiliklarsiz bo`ldi.
Bugun yomg`ir faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechqurunga kelib Surxondaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Qolgan hududlarda esa yog`ingarchiliklar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Havo harorati 6-11 daraja atrofida, o`rtacha me`yorlardan 5-7 darajaga pastdir.
14-15 noyabr kunlari respublika hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda. 14 noyabrda Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida, 15 noyabrda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida qisqa muddatli yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), qolgan hududlarda esa yomg`ir kuzatilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin.
Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarimizda esa 4-9 daraja sovuq bo`ladi, kunduzi esa 6-11 daraja iliq bo`ladi, bu o`rtacha me`yorlardan 5-7 darajaga pastdir.






