AsosiyJamiyat

1 yanvardan telefonga olingan tasvirlar videoregistratorlarnikiga tenglashtiriladi

'1 yanvardan telefonga olingan tasvirlar videoregistratorlarnikiga tenglashtiriladi'ning rasmi

Hukumat qaroriga  ko`ra:

2021 yil 1 yanvardan videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yo`l harakati qoidalari buzilishi holatlari aks etgan videoyozuvlar ham maxsus texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi.

Bunda, ushbu videoyozuvlar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi.

 Hozirda avtotransport vositalariga o`rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan videoyozuvlar maxsus texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtirilgan.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar