AsosiyJamiyat

“Zamon.uz” sahifalarini soxtalashtirishga harakat qilayotgan “uddaburon”lar ko`payayotgani xabar qilindi

'“Zamon.uz” sahifalarini soxtalashtirishga harakat qilayotgan “uddaburon”lar ko`payayotgani xabar qilindi'ning rasmi

So`ngi vaqtlarda “Zamon.uz” sayti, uning yutub, instagram, feysbuk, hamda telegramdagi sahifalari soxtalashtirishga harakat qilayotgan “uddaburon”lar paydo bo`ldi deya xabar bermoqda OAV ijodiy jamoasi. 

"Minglab foydalanuvchilarni “Zamon” nomi bilan telegram (ayniqsa) kanaliga a`zo qilib, engil-elpi maqolalar va oldi-qochdi ma`lumotlar, axloqiy qoidalarga to`g`ri kelmaydigan videolarni e`lon qilmoqda. Eng muhimi, bu kanallarga telegram bot mazilimizni berib, bizga murojaat qilmoqchi bo`lgan yurtdoshlarimizni ham chalg`itishga urinishayapti. Biz noprofessionallarcha yondoshib, daromad topish uchun mualliflik huquqlarimizni mensimayotgan bunday kimsalarning qilmishini qoralaymiz va bunday harakatlardan tiyilishini so`raymiz. Shuni ham ma`lum qilamizki, tez orada bunday OAV nomini soxtalashtirgan shaxslarning ustidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga shikoyat arizasi kiritamiz", deya ogohlantirmoqda zamon.uz tahririyati. 

zamon.uz rasmiy sahifalarini kuzatib borayotgan foydalanuvchilar bunday soxtaliklardan ehtiyot bo`lishlarini so`raladi.

Rasmiy sahifalar:
Veb sayt: www.zamon.uz
O’zbekcha: @zamonuz
O`zbekcha: @zamonuzb
Russkiy: @zamonuzru
English: @zamonuzeng

    Boshqa yangiliklar