AsosiyJamiyat

Kunlik statistika kamayib bormoqda. O`zbekiston koronavirusni engdimi yoki davo usulini topdimi? Nurmat Otabekov javob berdi

'Kunlik statistika kamayib bormoqda. O`zbekiston koronavirusni engdimi yoki davo usulini topdimi? Nurmat Otabekov javob berdi'ning rasmi

Butun dunyoda koronavirus bo`yicha vaziyat murakkablashib borayapti, bizda esa kunlik statistika 200taga ham bormayapti. Biz koronavirusni engdikmi yoki boshqalar bilmagan davolash-profilaktika usullarini topdikmi? Mazkur savolga bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov javob berdi. 

— Haqiqatdan ham dunyo bo`yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Biz esa hali koronavirusni engganimiz va yangicha usullarni ham o`ylab topganimiz yo`q.  

Nazarimizda, respublikada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, bemorlarni erta aniqlash, alohidalash, saralash punktlariga yuborish bilan bog`liq ishlarimiz samarasini berayapti.

Eng katta yutug`imiz doka niqob taqib yurganligimiz, ijtimoiy masofani saqlayotganligimiz, antiseptik vositalardan foydalanayotganligimiz. Birlamchi bo`g`in tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mobil brigadalarning faoliyati, Call-markazlarining ishlashi, karantin qoidalariga rioya etilishi o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatmoqda, desak mubolag`a bo`lmaydi. 

Agar biz profilaktik tadbirlarga rioya etilishni yanada yuqori darajaga ko`tarsak, natija bundan ham yaxshi bo`lishi mumkin edi. Ming afsuski, haligacha oramizda profilaktik tadbirni pisand qilmayotgan, ehtiyot choralarini ko`rmayotgan fuqarolarimiz ham tez-tez uchrab turibdi, deya izoh berdi mas`ul.

    Boshqa yangiliklar