AsosiyJamiyat

Har bir OTMda tezkor Shtab tashkil etiladi

'Har bir OTMda tezkor Shtab tashkil etiladi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda AOKAda oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini an`anaviy shaklda davom ettirish bilan bog`liq masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.

Unda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali XOLIQOV, axborot xizmati rahbari Farxad BABAShEV, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarlari hamda OTM rektorlari ishtirok etmoqda.

Unda ma`lum qilinishicha, har bir oliy ta`lim muassasasida hududiy Sog`liqni saqlash birlashmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan holda tezkor Shtab tashkil etiladi.

OTMlardagi o`quv auditoriyalari va umumiy foydalanish xonalari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo`linmalari bilan birgalikda o`quv jarayoniga tayyorlanadi. O`quv va yordamchi binolarda, talabalar turar joylarida belgilangan tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar