AsosiyJamiyat

Talabalar turar joylarida kasallikka chalingan talabalarni izolyasiya qilish uchun «Qizil zona» - izolyator tashkil etiladi

'Talabalar turar joylarida kasallikka chalingan talabalarni izolyasiya qilish uchun «Qizil zona» - izolyator tashkil etiladi'ning rasmi

Bugun AOKAda Oliy ta`lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda ma`lum qilinishicha, talabalar turar joylarida kasallikka chalingan talabalarni izolyasiya qilish uchun «Qizil zona» - izolyator tashkil etiladi.

Shuningdek, Oliy ta`lim muassasalari va talabalar turar joylari pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Kurslar kesimida o`quv jarayonini tashkil etish sxemasi ishlab chiqilib, tabaqalashtirilgan vaqt soatlari asosida dars jadvallari tuziladi.

Eslatib o`tamiz, joriy yil 16 noyabr, dushanba kunidan respublikamizda talabalar o`qishni an`anaviy shaklda davom ettiradigan bo`ldi. 

    Boshqa yangiliklar