AsosiyJamiyat

Yangi er usti metrosi vagoni tomidan chakki o`tganmidi yoki...?

'Yangi er usti metrosi vagoni tomidan chakki o`tganmidi yoki...?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi metro vagoni tomidan suv tomchilari sizib chiqayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ushbu hodisa bo`yicha Toshkent metropoliteni izoh berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat vagon ichidagi iqlim tizimining drenaj teshigi tiqilib qolganligidan hosil bo`lgan.

"Videolarda namoyish etilganidek, vagon saloniga tomdan sizib kirgan suv tomchilari bu yomg`ir suvi emas, balki kondisioner tizimining kondensatidir", deyiladi izohda.

Ayni paytda ushbu muammo bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar