AsosiyJamiyat

Chekka hududlarga ishlashga borgan tibbiyot OTM bitiruvchilari uy va kompensasiya bilan ta`minlanadi

'Chekka hududlarga ishlashga borgan tibbiyot OTM bitiruvchilari uy va kompensasiya bilan ta`minlanadi'ning rasmi

Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoniga asosan 2021 yildan “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi.

Dastur doirasida tibbiyot oliy ta`lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda ishga qabul qilinganda ularga:

  • 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so`m bir martalik pul mablag`i;
  •  uy-joyi bo`lmaganlarga 3 yil davomida xizmat uylari beriladi yoki BHMning 2 baravari miqdorida har oylik kompensasiya puli beriladi.

    Boshqa yangiliklar