AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 73 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonda yana 73 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 14 noyabr coat 20:00ga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 987  nafarni tashkil etdi, deya xabar berdi SSV.

Yangi kasallanish holatlari 73 nafarga ko`paygan. Ularning 4 nafari Toshkent viloyatida, 69 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar,  Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Farg`ona viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Toshkent viloyatida 25 nafar, Toshkent shahrida 64 nafar, jami 149 nafar bemor tuzaldi

Hozirda mamlakatimizda 2 150 nafar bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar