Oliy Majlis Senatining 2020 yil 11 sentyabrdagi “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to`g`risida”gi qarori bilan yangi tumanga asos solindi.
Bugun Xalq deputatlari Davlatobod tumani kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi. Shu paytga qadar viloyat hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari kotibiyati mudiri bo`lib ishlab kelgan Anvarjon Tojimirzaev Davlatobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lumot uchun: qayta tashkil etilgan Davlatobod tumani hududi 4686 gektarga teng bo`lib, Namangan shahri hududining 26 foizini tashkil etadi. Tumanning 25 ta mahallasida 150 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
Tuman hududida “Yuksalish” va “Orzu” kichik sanoat zonalari, “Navbahor” stadioni, “Afsonalar vodiysi” bog`i, 5 ta zamonaviy mehmonxona joylashgan. Namangan city ham shu erda barpo etiladi.