Namangan viloyati bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o`tkazdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashina to`xtatilib belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashina salonida bir dona qog`oz qutiga joylangan tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 40 million so`mlik 3360 dona kuchli ta`sir etuvchi “Lirika” dori vositalari borligi aniqlandi, deya xabar qiladi DBQ axborot xizmati.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






