Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan talabalar va ularning ota-onalari orasida o`quv jarayonini an`anaviy shaklda boshlash bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish maqsadida 2020 yil 19 — 21 oktyabr kunlari onlayn ijtimoiy so`rovnoma o`tkazildi.
O`tkazilgan so`rovnoma natijalariga ko`ra:
- oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini an`anaviy shaklda boshlashni xohlovchilar 345 428 nafarni (82%)
- masofaviy shaklda davom ettirishni xohlovchilar 75 808 nafarni (18%) tashkil etdi.
Bu haqda AOKAda o`tkazilgan Oliy ta`lim vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma`lum qilindi.






