BMT Bosh assambleyasining qaroriga ko`ra, 1997 yildan buyon 16 noyabr sanasi butun dunyoda “Bag`rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Shu kuni Samarqand viloyatidagi muzeylar, tarixiy obidalar va muqaddas ziyoratgohlarga keluvchilar uchun imtiyozli xizmat ko`rsatish ham bag`rikenglikning bir namunasi bo`ladi.
Samarqand viloyat hokimligi xabar berishicha, butun dunyo miqyosida nishonlanadigan bag`rikenglik kuni munosabat bilan 16 noyabr kuni Samarqanddagi barcha muzeylar va ziyoratgohlarga kirish bepul bo`ladi.






