Prezidentning “Sog`liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan 1 dekabrdan respublikamizda Davlat tibbiy sug`urta jamg`armasi tashkil qilinadi.
Hujjatga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligining Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida sog`liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini joriy etish bo`yicha tajriba-sinov loyihasi dastlab Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladi. Ushbu loyiha qo`yidagilarni o`z o`z ichiga oladi:
2020 yil 1 dekabrdan Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi tashkil etiladi. Tashkilotning vazifalari:
davlat tibbiy sug`urtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta`minlash;
aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan ta`minlash maqsadida tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;
tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat byudjetidan kafolatlangan paketni moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablag`larni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etishdan iborat.






