1

Navoiyda kelinining burnini sindirgan qaynonaga hukm o`qildi

Jinoyat 15.11.2020, 17:01
Navoiyda kelinining burnini sindirgan qaynonaga hukm o`qildi

2020 yil 13 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sayyor sud majlisida nabirasini himoya qilib kelinini urgan qaynonaning  jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi yordamchisi Z.Hamdamov xabar bermoqda.

Jinoyat tafsilotlariga ko`ra, 1967 yilda to`g`ilgan Xamraeva Anora (shaxsi o`zgartirilgan) 2020 yil 26 avgust kuni soat tahminan 19:00da Xatirchi tumani Fidokor MFY hududida joylashgan yashash xonadonining orqa tomonida voyaga etmagan nabirasi Sultonaliev Abdizoyir Jabbor o`g`lini Samarqand shahar “Obod maskan” MFY hududidagi yashash xonadoniga olib ketish uchun kelgan sobiq kelini Qaxxorova Oybarchin Abdullaevna bilan janjallashib qolgan.  Janjal vaqtida O.Qaxxorovaning burun sohasiga urib, Xatirchi tumani STEBning 29.08.2020 yildagi №816-sonli xulosasiga ko`ra, “sog`liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati” etkazgan.

Sud, A.Xamraevani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to`liq iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 109-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, shu modda bilan 10 (o`n) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1