AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda uysiz qolgan fuqaroga 462 million so`m mablag`i undirib berildi

'Qashqadaryoda uysiz qolgan fuqaroga 462 million so`m mablag`i undirib berildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasiga Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyar Eshqobilov tomonidan yozma murojaat qelib tushdi. Ushbu murojaat bo`yicha fuqaroning talabi ijobiy qondirildi. Bu haqda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur murojaatda, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyor Eshqobilov  2017 yil 12 iyunda “Shovot maxsus bino qurilish” MChJ ga jami 3 ta xonadon sotib olish uchun murojaat qilgani aytiladi.

Ma`lum bo`lishicha, Fuqaro va korxona o`rtasida oldi-sotti shartnoma tuzilgan bo`lib, shartnomaning 2.2 bandiga asosan belgilangan 420 000 000 ( to`rt yuz yigirma million so`m) summaning 25 % ni 10 ish kunida bankka to`lagan. Qolgan qismini esa 2018-2019 yillar mobaynida turli bank kassalari orqali to`lovni amalga oshirgan. 

Qarshi shahar hokimining 02.02.2019 yilgi qaroriga asosan ushbu ko`p qavatli uy foydalanishga topshirilgan bo`lsada, bank tomonidan berilgan kredit kafolati asosida fuqaroning uyi ham garov taqiqqa uchragan va uysiz qolgan.

Xabarda keltirilishicha, Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi murojaat bo`yicha sudga ariza kiritgan va sud qaroriga asosan fuqaroga “Shovot maxsus bino qurilish” MChJ tomonidan 420 million so`m mablag` va jarima sifatida yana 42 million so`m undirib berilgan.  

Agarda iste`molchilarning huquqlari buzilsa Federasiyaning 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot`iga murojaat qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar