AsosiyJamiyat

Rossiya hukumati ayrim migrantlarning ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi

'Rossiya hukumati ayrim migrantlarning ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi'ning rasmi

Sputnik.uz ning xabar berishicha, Rossiya hukumati ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o`rinbosari Marat Xusnullin brifingda aytib o`tdi. 

Uning ta`kidlashicha, pandemiya davrida qurilish sohasida ishchi kuchining etishmovchiligi yuzaga kelgan - ko`plab mehnat migrantlari uyga ketgan va Rossiyaga qaytolmayapti.

Endi hukumat bu muammoning echimini qidirmoqda: Rossiya hukumati migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi. Bundan tashqari, bu tajriba allaqachon mavjud.

""Vaxtavik"larni ma`lum qurilish maydonchalariga olib kelish kerak bo`lsa, bir qator korxonalarda bunday tajriba mavjud. Biz shunday qarorlarni qabul qilardik, barcha choralar ko`rilib, karantinga rioya qilingan. Tibbiy ko`rik, barcha tahlillar - hammasi ish beruvchilarning hisobidan. Va odamlar olib kelingan", - dedi u.

Xusnullinning qo`shimcha qilishicha, davlat ko`magi tufayli Rossiyada qurilish loyihalari tobora ko`payib bormoqda, ammo hozirda odamlarning etishmovchiligi keskin sezilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar