Kecha, 15 noyabr kuni O`zbekiston Qirg`izistonga navbatdagi gumanitar yordamni jo`natdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, yordam 100 ming juft bir martalik tibbiy qo`lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko`zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti Remdesivir va ming qutidagi Geparin, 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shpris va sistemalardan iborat.
Qirg`iziston bosh vaziri o`rinbosari Elvira Surabaldieva mamlakatimiz elchisi Xurshid Mirzohidovga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.






