1

Samarqandda "opiy" sotuvchi 33 yoshli ayol qo`lga olindi

Jinoyat 16.11.2020, 11:38
Samarqandda "opiy" sotuvchi 33 yoshli ayol qo`lga olindi

13 noyabr kuni soat 21.30da  Samarqand shahar Amir Temur va Buyuk ipak yo`li ko`chalari kesishmasida joylashgan “Lion Motors” avtosavdo majmuasi yonida Samarqand viloyati IIB JQB hamda Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB JQB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda. 

 

Unda, xaridor sifatida jalb qilingan “O`tkir” ismli shaxsga 33 yoshli M.M. ismli ayoldan vazni taxminan 137 gr bo`lgan “opiy” giyohvandlik vositasiga o`xshash moddani 1.300 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.M.ning yoni ko`zdan kechirilganda, tadbirda ishlatilgan 1.300 AQSh dollari va 2 dona polietilen paketga o`ralgan “opiy” giyohvandlik vositasiga o`xshash modda daliliy ashyo sifatida olindi. Shundan so`ng fuqaro M.M. o`zining ixtiyori bilan boshqa noqonuniy vositalar yashash xonadonida va o`zining yonida bo`lsa, topshirilishi so`ralganda, u o`zining vaqtinchalik yashash xonadonida joylashgan oq polietilen sellofanga o`ralgan og`irligi taxminan 101 gr va bir dona elektron tarozi, jami 238 gr “opiy” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida olinib, hujjatlashtirib olingan.

Samarqand  viloyati IIB EKBning 14 noyabrdagi ma`lumotnomasiga ko`ra, tadbir vaqtida hujjatlashtirib olingan jigar rangli, yopishqoqsimon 238 gr giyohvand moddasi “opiy” giyohvand moddasi turiga kirishligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda olingan daliliy ashyoni manbasini aniqlash bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1